23:25 / 26.03.2020
97848
JSST vakili koronavirusning asosiy belgilari to‘g‘risida ma'lumot berdi

JSST vakili hid bilishning yo‘qolishi COVID-19 belgisi ekanligi borasida hozircha buni aytish qiyin ekanligini aytdi.

Foto: Reuters

«Ikkita simptom – harorat ko‘tarilishi va qiynalib nafas olish bilan kechadigan quruq yo‘tal. Bu siz uch qadam joyga ham bora olmasligingizni bildiradi: nafas olishga qiynalasiz», - dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili doktor Melita Vuynovich «Rossiya 24» telekanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa yengil simptomlardan esa «agarda zararlangan hududda bo‘lmagan bo‘lsangiz, xavotirga tushmasligingiz kerak».

Vuynovich COVID-19da burun oqishi kamdan-kam uchrashini ta'kidladi.

«Judayam kamdan-kam hollarda. Burun oqishini keltirib chiqaradigan boshqa koronavirus bor, ammo COVID-19 mutlaqo boshqa narsa», - dedi JSST vakili.

U hid bilishning yo‘qolishi COVID-19 belgisi ekanligi borasida hozircha buni aytish qiyin ekanligini aytdi.

«Buni har qanday respiratorli virus keltirib chiqarishi mumkin. Olimlar bu simptomlarni aniqlashdi, bu ko‘rib chiqilmoqda. Ammo asosiy simptom bu emas. Asosiysi – qiynalib nafas olish va yuqori harorat», - dedi Vuynovich.

JSSTning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 330 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalingan, 14,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top