Pedagoglarning attestatsiya imtihonlari onlayn o‘tkazilmaydi
Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova pedagog kadrlar attestsiya imtihonlari onlayn tashkil etilmasligini ma'lum qildi.

Foto: Facebook /seaclinic
«Shu yili 2-7 mart kunlari Toshkent shahrining birinchi va oliy toifaga topshirgan pedagoglari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Viloyatlarniki 25 martdan boshlanishi kerak edi, karantin sababli to‘xtatildi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini uyda onlayn topshirish tashkil etilmagan. Karantin davri tugagandan keyin, imtihon muddatlari bo‘yicha bir necha kun oldin xabar beriladi. Jarayon kechikib, sertifikatning amal qilish muddati tugab qolsa, o‘qituvchining malaka toifasi tushirib yuborilmaydi», dedi Madrahimova AOKAda tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda.
Brifingda barcha ta'lim muassasalari attestatsiyasi qachon o‘tkazilishi haqidagi savolga ham izoh berildi.
Qayd etilishicha, karantin davrida attestatsiya jarayonlari to‘xtatilgan va bu haqda hududiy attestatsiya komissiyalariga xabar berilgan. Hozirda inspeksiya attestatsiya hujjatlarini masofadan turib tahlil qilish rejimida ish olib bormoqda. Ya'ni ta'lim muassasalari va ekspertlar o‘rtasida elektron ko‘rinishda hujjatlar almashinuvi yo‘lga quyilgan.
Ta'lim muassasalariga tashrif buyurgan holda o‘rganish (dars tahlillari, ta'lim oluvchilar, pedagoglar, ota-onalar va ish beruvchilardan so‘rovnomalar, sifatli ta'lim olish uchun yaratilgan sharoitlarga baho berish) karantin tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Bu yilgi attestatsiyalar o‘tkazish rejasida belgilangan barcha ta'lim muassasalari qamrab olinadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

10:21 / 24.06.2025
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:12 / 29.04.2025
Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025