00:46 / 27.03.2020
25732
Buxoro shahriga kirish va shahardan chiqish to‘xtatildi

Buxoro viloyati markazi Buxoro shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalarida kirish uchun to‘xtatildi.

«Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishi oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab, Buxoro shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Buxoro shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi.

Buxoro shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Buxoro shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Buxoro shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Buxoro shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

  • Bungacha Namangan, Andijon, Guliston va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top