Buxoro şahrida yaşovçi fuqaro Y.N. xonadon yertölasida noqonuniy mayning ferma taşkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, 1972 yilda tuğilgan fuqaro özi yaşab kelayotgan uyning yertölasida mayning qurilmalari örnatib, qonunga xilof ravişda yuqori kuçlanişli elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangan holda faoliyat körsatib kelgan.

Şahar içki işlar bölimi xodimlari va elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari hamkorligida ötkazilgan tadbir davomida jami 3 dona yaroqli va 1 dona yaroqsiz mayning qurilmasi va boşqa butlovçi elektr jihozlari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Mutaxassislar xulosasiga köra, uşbu fuqaro 2022 yil 28 mart kunidan 2023 yil 9 fevral kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida umumiy qiymati 63 522 kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy ravişda foydalanib, şahar elektr tarmoqlari korxonasiga jami 93 million 694,6 ming sömlik moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Moddaning bu qismi bilan sudlangan şaxs bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan beş yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud ikki yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.