Buxoro şahridagi ayrim köçalarda transport vositalarining harakatlanişi vaqtinça çeklanadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, bunga 25 fevraldan Buxoro şahar markazida renovatsiya asosida qurilgan köp qavatli uy-joylarga içimlik suv tarmoqlari tortilişi sabab böladi. Şu maqsadda Buxoro şahrining J.Ikromiy hamda Hamza köçalarida mavjud umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida qaziş va ta’mirlaş işlari olib boriladi.

Jumladan, Hofiz Taniş Buxoriy hamda Hamza köçalari kesişgan çorrahadan I.Möminov hamda Hamza köçasi kesişgan çorrahaga olib boruvçi köça va yöllarda quriliş va ta’mirlaş işlari olib borilişi maqsadida transport vositalarining qatnovi vaqtinça çeklanadi.

«Bu borada barça haydovçilardan tartibga soluvçi xodimlarning işoralari va yöl belgilari talablariga rioya qilişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.