17:19 / 01.04.2020
10601

Qozog‘iston 9 turdagi meva-sabzavotlar eksportiga cheklov kiritgan – Ibrohim Ergashev

Qozog‘iston hukumati mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va boshqa maqsadlardan kelib chiqib, 9 turdagi meva-sabzavotlarni eksport qilishga cheklov kiritgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev ma'lum qildi.

«Qozog‘iston hududidan eksport qilinishi taqiqlangan mahsulotlar jumlasiga un, grechka, o‘simlik yog‘i, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, karam va rediska kabi 9 xil mahsulotlar kiritilgan.

Bu cheklovning O‘zbekistondan Rossiyaga yoki Xitoy Xalq Respublikasiga tranzit bo‘lib o‘tayotgan yuklarga aloqasi yo‘q. Ikkala davlat karantin xizmatlarining muloqot jarayonida ushbu masala bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shuning uchun mahsulotlarini Qozog‘iston orqali boshqa davlatlarga eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarimiz uchun bu masalada hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini ta'kidlab o‘tmoqchiman», deya Ibrohim Ergashevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top