22:22 / 06.04.2020
91516
Britaniyaliklar Xitoyga koronavirus tufayli katta tovon to‘lattirmoqchi

Britaniya hukumati koronavirus kompensatsiyasi uchun 351 milliard funt sterling da'vosi bilan xalqaro sudlar orqali Xitoy hukumatiga murojaat qilishi kerak. Jamoatchilikning ushbu talabi Bosh vazir sobiq o‘rinbosari Demian Grin boshchiligidagi 15 nafar katta tajribali Torilarning Boris Jonsonga Pekin bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va qayta tiklashni talab qilish to‘g‘risida xat yuborganidan keyin paydo bo‘ldi.

Foto: Henry Jackson Society

Kasallikning global iqtisodiy ta'sirini o‘rganish bo‘yicha birinchi keng qamrovli tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, G7 guruhiga kiruvchi dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari 3,9 trillion dollar miqdorida ziyon ko‘rdi. Agar Xitoy Kommunistik partiyasi fojia haqida ochiq va to‘g‘ri ma'lumot tarqatganida, uning oqibatlaridan qochish mumkin edi, deyiladi tahlilda.

Talab etilayotgan tovon puli Britaniyaning g‘aznachisi Rishi Sunak ishlab chiqqan iqtisodiy yordam hamda va Sog‘liqni saqlash milliy xizmati inqirozga javoban oshirgan xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu muhim tadqiqot shuningdek, joriy yil boshida Buyuk Britaniyaning Londondan Uhanga reyslarni bekor qilmaslik haqidagi qarorlari, qolaversa, notinch Xitoy va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining noto‘g‘ri ma'lumotlarini ham inobatga olgan.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiy tahlil markazi — Henri Jyekson jamiyati tomonidan e'lon qilingan hisobotda Xitoy sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro shartnomalar majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzganligi haqida dalillar mavjud va yirik davlatlar ulardan zararni qoplashi mumkin bo‘lgan o‘nta qonuniy yo‘lni bayon qiladi.

Tadqiqot «Koronavirus kompensatsiyasi: Xitoyning potensial aybdorligi va huquqiy munosabat usullarini baholash» deb nomlangan va shunday xulosaga keladi: «XKP (Xitoy Kommunistik partiyasi) salbiy xabarlarni eng yuqoridan yashirishga va tashqi dunyo salbiy xarakterdagi xabarlarini tarqalmasligiga intildi. Endi Xitoy bunga javoban rivojlangan va murakkab dezinformatsiya kampaniyasini uyushtirib, dunyo hamjamiyatiga soya solib turgan inqirozda beayb ekanini isbotlab, buning o‘rniga jahon mamlakatlari uchun Xitoy qilayotgan barcha narsalarga minnatdor bo‘lishi kerakligiga ishontirmoqchi. Haqiqat shundaki, COVID-19 uchun Xitoy aybdor. Agar Pekinga qarshi da'volar bo‘lsa, ular trillionlab funtga tushishi mumkin». 

Foto: Getty Images

Hisobot ortidan hukumatning 4 nafar sobiq vaziri va boshqa 11 nafar konservativ deputatlar Bosh vazirga Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish talabi bayon etilgan xat yo‘llagan. Janob Grin va sobiq vazirlar — Iain Dankan Smit, Devid Devis va Ouen Patersonning fikricha, «Xitoy xalqaro shartnomalarga rioya qilmasligi sababli, qoidalarga asoslangan tizimga zarar yetkazilishidan xavotir mavjud» .

Ularning maktubida shunday deyilgan: «Tibbiyotning qonuniy kuchga ega bo‘lgan xalqaro qoidalari davlatlardan barcha taxminiy pandemiya haqida to‘liq ma'lumot berishni talab qiladi. Ushbu kamchilik kasallikning butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga imkon berdi, bu global sog‘liq va iqtisodiyot uchun o‘ta jiddiy oqibatlarga olib keldi».

Henri Jyekson jamiyati hisobotida aytilishicha, Buyuk Britaniya haqli talab etishi mumkin bo‘lgan tovon miqdori 350 milliard funt sterlingdan oshadi.

«Inqiroz tugaganidan keyin biz hukumatni Xitoy bilan kengroq munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Vaqt o‘tishi bilan, biz o‘zimizga Xitoyga qaram bo‘lib qolishimizga imkon berdik va Britaniyaning uzoq muddatli iqtisodiy, texnik va xavfsizlik ehtiyojlariga strategik nuqtayi nazardan yondasha olmadik», - deyiladi hisobot preampulasida.  

Xitoy virusni jilovladi / foto: Reuters

Londondagi Xitoy elchixonasi Dauning-strit koronavirus xavflari borasida 15dan 40tagacha bo‘lgan omillar haqida ogohlantirilganligi to‘g‘risida ma'lumot berib, hisobotni hayrat bilan rad etdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati rasmiylari «bildirilgan mulohazalar hukumat pozitsiyasini aks ettirmasligi» va Britaniya «global miqyosda Xitoyning qo‘shgan hissasini yuqori baholashi»ni bildirgan. Anonim manbaning aytishicha, bu mazmundagi suhbat hech qachon bo‘lmagan.

Bundan tashqari, AQShning ikki nufuzli yuridik firmalari ham Xitoydan yetkazilgan zarar uchun tovon undirish da'vosi bilan sudga murojaat etmoqchi. Ularning biri professional yuristlar armiyasiga ega qudratli firmalardan biri ekani ta'kidlangan. Agar da'vo sudda yutib chiqsa, kommunistlar partiyasi 6 trillion dollarni boy berishi mumkin. 

Sud tovon pulini undirish uchun Xitoyning AQShdagi mol-mulkini musodara qilishi ham mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top