13:57 / 06.04.2020
18815

Yaponiya koronavirus avj olishi tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilishga tayyorlanmoqda

Bugun, 6 aprel kuni Yaponiya hukumati mamlakatda favqulodda holat e'lon qilishga tayyogarlikni boshladi, deb yozmoqda Channelnewsasia nashri.

Photo: AFP / Behrouz Mehri

Bugun kechqurun Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukumatga global pandemiya bo‘yicha maslahatchi ekspertlar guruhi bilan uchrashishi haqda xabarlar tarqalgan.

Bu koronavirus kasalligi avj olib borayotgani bilan bog‘liq. Yaponiyada mazkur kasallik Yevropa yoki AQShga nisbatan kam bo‘lsa-da, oshishda davom etmoqda.

Yakshanba kuni Tokioda 148ta holat qayd etilgach, hukumatga yangi choralar ko‘rish uchun bosim ko‘paygan.

Tokio gubernatori allaqachon poytaxt aholisini dam olish kunlari muhim bo‘lmagan tadbirlardan qochishga va hafta davomida uyda qolishga chaqirmoqda. 

Jurnalistlar bilan uchrashuvda gubernator hali rasmiy hech qanday topshiriq olmagani, ammo tayyorgarlik davom etayotganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top