14:42 / 08.04.2020
10313
Karantin qoidalarini buzish holatlari 35 mingdan oshdi

Karantin e'lon qilingan vaqtdan 8 aprelga qadar O‘zbekiston bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 35 771 ta holat aniqlandi.

Ichki ishlar vazirligi 8 aprel soat 09:00 holatiga hududlar kesimidagi raqamlarni keltirib o‘tdi.

  • Toshkent shahrida – 5 651 ta holat
  • Farg‘ona viloyatida – 4 521
  • Toshkent viloyatida – 4 364
  • Samarqand viloyatida – 3 594
  • Qashqadaryo viloyatida – 3 151
  • Sirdaryo viloyatida – 2 582
  • Namangan viloyatida – 2 321
  • Andijon viloyatida – 1 894
  • Jizzax viloyatida – 1 673
  • Surxondaryo viloyatida – 1 641
  • Buxoro viloyatida – 1 431 
  • Xorazm viloyatida – 1 425
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 126
  • Navoiy viloyatida – 397.

Qayd etilishicha, karantin qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Vazirlik qator misollarni ham keltirib o‘tgan bo‘lib, ular orasida 63 yoshli velosipedchi ham bor.

«7 aprel kuni Samarqand shahar X.A.Vali ko‘chasida yashovchi F.X. (1974 y.t.), Sirdaryo viloyati Sardoba tumani «Zomin» mahallasi Madadkor ko‘chasida yashovchi S.S. (1957 y.t.) velosipedda bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan», – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, MJtKning 54-moddasiga asosan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlar quyidagicha miqdorda jarimaga tortiladi:

  • fuqarolar – BHMning 20-30 baravari (4 460 000 – 6 690 000 so‘m)
  • mansabdor shaxslar – BHMning 30-50 baravari (6 690 000 – 11 150 000 so‘m)
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top