19:00 / 09.04.2020
4360
Pekin metrosida «aqlli» poyezdlar niqobsiz yo‘lovchilarni aniqlaydi

Poyezdlar vagonlari yo‘lovchilarning qiyofasini qayd etadigan va tasvirni tahlil qilish uchun intellektual tizimga uzatadigan ko‘plab sensorli kameralar bilan jihozlangan.

Foto: Sonhaber

Pekin metrosidagi yo‘nalishlardan birida tibbiy niqobsiz yurgan yo‘lovchilarni aniqlaydigan "aqlli" poyezdlar yura boshlaydi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, yangi poyezdlar Pekin metrosining 6-yo‘nalishida harakatlanishni boshlaydi. Poyezdlar vagonlari yo‘lovchilarning qiyofasini qayd etadigan va tasvirni tahlil qilish uchun intellektual tizimga uzatadigan ko‘plab sensorli kameralar bilan jihozlangan. Tizim niqobsiz yo‘lovchilarni, yordam so‘rayotgan yoki hushidan ketgan yo‘lovchilarni aniqlaydi.

Bundan tashqari, vagonlar eshiklari ustiga o‘rnatilgan ekranlarda 6-yo‘nalishdagi bekatlar hamda yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risidagi ma'lumotlar aks etib turadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalariga kelib, Xitoy virusga qarshi kurashda g‘olib bo‘lganini e'lon qilgandi. Endilikda mamlakatda kasallikka chalinishning faqat chet el bilan bog‘liq holatlari qayd etilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top