14:36 / 14.04.2020
5371
Indoneziya prezidenti koronavirus epidemiyasini milliy falokat deb e'lon qildi

Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 4557taga yetgan, 399 kishi vafot etgan.

Foto: REUTERS / Antara Foto/Muhammad Arif Pribadi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo hukumatning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirdi va COVID-19 epidemiyasini milliy falokat deb e'lon qildi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi xabar bermoqda.

"COVID-19 tarqalishi sababli yuzaga kelgan notabiiy tusdagi falokat milliy falokat deb e'lon qilinsin", - deyiladi Indoneziya prezidenti farmonida.

Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligi rahbari Doni Monardoning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ishchi guruhining migratsiya, bojxona, karantin, xaridlar, moliya va mahsulotlardan oqilona foydalanishni boshqarish borasidagi vakolatlari kengaytiriladi.

Hukumatning koronavirusga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha vakili Ahmad Yurianto milliy falokat e'lon qilinishi COVID-19 bilan kurashish siyosatida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasligini, davlat mavjud choralarni kuchaytirishini bildirdi.

Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 4557taga yetgan, 399 kishi vafot etgan.

Mart oxirida mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top