Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Bobur Usmonov Indoneziya elçisi Sunario Kartadinata bilan uçraşdi.

TIV ma’lumotiga köra, Özbekiston – Indoneziya köp qirrali munosabatlarini yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş masalalari, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.

Bölajak turli darajadagi qöşma tadbirlar, xususan, taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi davrasi jadvali va kun tartibi körib çiqildi.

Turizm sohasida, xususan, ziyorat turizmi yönalişida özaro hamkorlikni faollaştirişga alohida e’tibor qaratildi.