13:02 / 15.04.2020
2763
«Asosiy savdo sheriklarimizda yuzaga kelgan murakkab vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi» – Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Bank-moliya sektori brifingida pandemiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri haqida gapirdi.

«Jahon savdo tashkiloti joriy yilda xalqaro savdo qariyb 37 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. Shu jarayonlar bilan birga dunyoda uglevodorod xomashyosi, birinchi navbatda neft narxi keskin pasayishini o‘zingiz ham kuzatdingiz. So‘nggi bir haftada nisbatan ko‘tarilgan bo‘lsa ham bu iniqrozgacha bo‘lgan davrdan sezilarli darajada past. Mana shunday holat jahon savdosining pasayishi, ikkinchidan yirik savdo hamkorlarimizda karantin choralari amalga kiritilishi, bu birinchi navbatda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda mana shunday vaziyat yuzaga kelgan.

Ahvol anchagina murakkab. Xitoyda har yili 6 foiz atrofida iqtisodiy o‘sish bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 1-1,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinyapti. Rossiya Federatsiyasida undan ham pastroq. Dunyodagi va asosiy savdo sheriklarimizda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, savdo yo‘llaridagi, savdo aloqalaridagi bir qator muammolar O‘zbekiston iqtisodiyoti, pul-kredit, moliya tizimiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. 

Shuning uchun ham kuni kecha O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan boshqaruv kengashi bo‘lib o‘tdi, bu bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan», dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Top