Odilbek Isoqov iqtisodiyot va moliya vazirining davlat qarzi, xalqaro reytinglar bilan işlaş hamda davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş böyiça konsultant-maslahatçisi sifatida jalb etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
U Buyuk Britaniyaning Infrasia Capital kompaniyasi boş direktori hisoblanadi.
Odilbek Isoqov 1981 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, 1998-2000 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan. Odilbek Isoqov dunyoning eng yirik banklaridan biri HSBC bankidagi 12 yillik mehnat faoliyati davomida Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan işlaş böyiça investitsiya bankiri sifatida tajriba orttirgan. 2016 yil mart oyidan HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uçun jahon moliya bozorlarida qimmatli qoğozlar çiqarişni taşkil etiş boşqarmasi direktori (London, Buyuk Britaniya) lavozimida işlagan.
U 2019 yil martida moliya vaziri (hozirgi iqtisodiyot va moliya vazirligi) örinbosari bölgan, 2023 yil fevralida vazirlikdagi özgarişlar doirasida boşqa bir neça örinbosarlar (Omonullo Nasriddinxöjayev, Jamşid Abruyev va Ahadbek Haydarov) bilan birgalikda lavozimini tark etgandi. Öşanda vazirlik soliq qömitasi bilan qöşib yuborilib, qömita raisi Şerzod Qudbiyev vazirlikka rahbar bölgan, bungaça vazirlikni boşqarib kelgan Jamşid Qöçqorov boş vazir örinbosarligiga tayinlangandi
2023 yil avgustida esa barçasi joyiga qaytarildi - Qudbiyev soliq qömitasi raisligiga, Jamşid Qöçqorov iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbarligiga. Şuningdek, Ahadbek Haydarov vazir örinbosarligi lavozimiga qaytgandi.












