10:57 / 15.04.2020
70448
Jamshid Qo‘chqorov: «Inqiroz keldi. Bu raqamlardan ko‘rinib turibdi»

 Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kun.uz'ga intervyu berdi. Unda hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki pandemiya ortidan paydo bo‘lgan inqirozni yengib o‘tish, uning oqibatlarini yumshatish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

“Inqiroz keldi. Balki, hayotimizda hali sezmayotgandirmiz. Biroq, ko‘rsatkichlar, raqamlardan ko‘rinib turibdi. Birinchi chorakda inflatsiya past bo‘ldi. Mart oyidan boshlab ta'sir sezila boshlandi. 

Masalan, yanvar oyida kuniga o‘rtacha 2865 tonna benzin sotilgan, fevral oyida 2976 tonnaga ko‘paydi, yaxshi kelayotgan edik. Mart oyida 2790 tonnaga tushgan. Aprelning 8 kunida 871 tonnaga tushib qoldi. Mamlakatda transport harakati to‘xtadi. Sanoat birinchi chorakda 4,8 foiz bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar inqirozni yaxshi tushuntiradi.

Inqiroz paytlari avvalo ichki resurslar haqida gapirish kerak. Qachonki ichki resurs yaxshi bo‘lsa, sizga kredit ham berishadi. Muhtoj bo‘lsangiz, berishmaydi. Oxirgi uch yil ichida oltin-valuta zaxiramiz mustahkamlandi. 

Qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi esa inflatsiya bilan bog‘liq. Inflatsiya o‘tgan yilgidan pastroq kutilyapti. Bu inflatsiyadan kelib chiqib qilindi. Iqtisodiyotni kreditlashda esa hozir yangi loyihalarning vaqti emas. Ertaga ular qanday ishlashi ham noma'lum. Banklarga asosan ishlab turgan loyihalarga aylanma mablag‘lar bilan kredit berish ko‘rsatmasi berildi”, - deydi Jamshid Qo‘chqorov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top