13:34 / 19.04.2020
4787
Tramp JSSTga ajratilgan mablag‘ni samaraliroq qo‘llash yo‘llari borligini aytdi

AQSh ma'muriyati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ajratilgan mablag‘larni samaraliroq qo‘llashning variantlarini ko‘rib chiqmoqda.   

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp 18 apreldagi brifingda AQSh ma'muriyati JSST budjetiga har yili ajratgan mablag‘larni qo‘llashning samaraliroq yo‘lini topishini aytdi. 

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti – biz tobora ko‘proq muammolarni aniqlamoqdamiz. 500 mln dollarni sarflashning boshqa yo‘llari bor. Biz ularni odamlarga foydaliroq bo‘lishi uchun qayerga yo‘naltirishni topamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.  

15 aprelda Tramp o‘z ma'muriyatiga JSSTga to‘lovlarni to‘xtatishni buyurgan. 
 
Avvalroq AQSh prezidenti xalqaro tashkilotni “Xitoyga yon bosishda” hamda koronavirusga qarshi kurashni yomon boshqarish va kasallikning tarqalishi haqidagi ma'lumotlarni yashirishda ayblagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top