15:10 / 21.04.2020
5618

Eronda koronavirus sababli mingdan ortiq xorijliklar qamoqxonalardan ozod qilindi

Hukumatning bildirishicha, ular asosan og‘ir jinoyat sodir etmagan, jamiyatga xavf solmaydigan shaxslardir.

Foto: Anadolu Agency

Koronavirus sababli mingdan ortiq xorijliklar qamoqxonalardan ozod qilindi, deb ma'lum qildi eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy.

"Biz yuz ming mahbus bilan birga mingdan ortiq xorij fuqarolarini ham ozodlikka chiqardik", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mizan Online agentligi.

Hukumatning bildirishicha, ular asosan og‘ir jinoyat sodir etmagan, jamiyatga xavf solmaydigan shaxslardir.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 83,5 mingdan ortiq holat aniqlangan, 5,2 ming kishi vafot etgan, 60 mingga yaqin kishi sog‘aygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top