18:26 / 26.04.2020
9438
Ekspert-kriminalistika bosh markaziga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Saidolim Saidkamol o‘g‘li Nuriddinov IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Saidolim Nuriddinov

Tayinlovga qadar S.Nuriddinov Ekspert-kriminalistika bosh markazi, kriminalistik ekspertiza va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Ekspert-kriminalistika bosh markaziga 2017 yil sentyabridan buyon Nail Mintalipovich Galipshin rahbarlik qilib kelayotgandi.

Podpolkovnik Jahongir Umirzoqovich Mirzayev Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Mirzayev

Tayinlovga qadar J.Mirzayev IIV Navoiy akademik litseyi direktorining xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Jafar Jamiyevich Amonov Farg‘ona viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jafar Amonov 

Tayinlovga qadar J.Amonov Toshkent shahar IIBB PPXvaJTSB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Top