17:41 / 01.05.2020
18366

Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurash doirasida maoshidan voz kechdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon koronavirusga qarshi kurash doirasida bir oylik maoshidan (miqdori aniq emas) voz kechdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib Aziya-Plyus nashri xabar bergan.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakat zaxira fondidan 12,4 million somoniy (1,2 million dollar) miqdorida pul ajratiladi. Bu pullar xususan tibbiyot xodimlariga 3 oy davomida ustama puli to‘lash uchun yo‘naltiriladi.

Tojikiston uzoq vaqt davomida koronavirus aniqlanmagan 15 mamlakat qatorida e'tirof etilayotgandi. 30 aprel kuni mamlakatda birdaniga 15 kishida koronavirusdan zararlanish holati tasdiqlandi. Bemorlardan 10 nafari poytaxt Dushanbeda, yana 5 nafari So‘g‘dda.

1 maydan mamlakatda jamoat joylarida niqobda yurish majburiy etib belgilangan.

Koronavirus Tojikistonda. Vazirlik zararlanish holatlarini rasman tasdiqladi

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top