Tojikiston soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatda koronavirus aniqlanganini e'lon qildi. Ma'lum qilinişiça, ayni damda Tojikistonda 15ta holat qayd etilgan.

Asia-Plus naşri xabar berişiça, koronavirusga qarşi kuraş uçun tuzilgan maxsus ştabning favqulodda yiğilişida ham Tojikistonda koronavirus aniqlangani e'lon qilingan. Yiğilişda mamlakat boş vaziri Qahhor Rasulzoda ham qatnaşgan. Koronavirusga çalingan 15 bemorning 10 nafari Duşanbeda, 5 nafari Söğdda qayd etilgan.

Hozirda Tojikistonda 2 ming kişi nazorat ostiga olingan.

Tojikistonda koronavirus borligi haqidagi vahima aprel oyi boşida paydo bölgandi. Öşanda 59 yoşli Habibullo Şodiyev pnevmoniyada vafot etgandi. Bu odam Qirğizistondagi qarindoşining töyida koronavirus yuqtirgani haqida miş-mişlar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi esa bunday xabarlarni rad etib, bemor ölimiga pnevmoniya sabab bölganini ma'lum qildi.

Qiziği, bu ölim holatidan söng marhum Şodiyevning barça oila a'zolari va uni davolagan şifokorlar karantinga olindi. 11 aprel kuni olamdan ötgan Habibullo Şodiyevning akasi bilan aloqada bölgan şifokorlardan biri ham olamdan köz yumdi va mamlakatda miş-mişlar yana köpaydi. Rasmiy ma'lumotda esa şifokor yurak kasalidan ölgani aytildi.

Keyinroq Şodiyevning dafn marosimida qatnaşgan 56 yoşli qarindoşi Abduxalil Jöraboyev ham pnevmoniyadan vafot etdi. Şundan keyin ham Tojikistonda koronavirus borligi e'lon qilinmagan va mamlakat doimiy tarzda koronavirussiz mamlakatlar qatorida e'tirof etib kelinayotgandi.

Tojikistonda koronavirus aniqlangani e'lon qilingaç, köçada tibbiy niqobda yuriş majburiy qilib belgilangan.