Tibetda dunyodagi eng baland joylashgan 5G standartidagi mobil aloqa stansiyasi ishga tushdi. Ushbu stansiya dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni mobil aloqa bilan qoplashni ta'minlaydi.

Foto: Sinxua
Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, China Mobile mobil aloqa operatoriga tegishli stansiya dengiz sathidan 6500 metr balandlikda qurilgan. U Everestdagi tayanch lageri yaqinida joylashgan.
“Yangi stansiya avval 5300 va 5800 metr balandlikda qurilgan stansiyalar bilan birgalikda Everestning shimoliy tomoni va cho‘qqisining 5G signal bilan to‘liq qoplanishini ta'minlaydi”, deyilgan xabarda.