Jahon | 18:02 / 04.02.2022
8562
2 daqiqa o‘qiladi

Everest cho‘qqisida har yili 10 yillikka teng muz erib ketmoqda

Everest cho‘qqisidagi eng katta muzlik shiddat bilan eriyapti. Bunga insoniyat ta’sir ko‘rsatayotgan iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lmoqda. Muzlikdagi yo‘qotish 1,6 mlrd odamning hayot tarziga ta’sir o‘tkazadi.

Foto: CCN

Tadqiqotlarga ko‘ra, Yerning eng baland nuqtasidagi muzlikning shiddat bilan erishi iqlim o‘zgarishi ta’sirlarini kuchaytirib yuboradi. Qor ko‘chkilari va qurg‘oqchiliklarga sabab bo‘lishi bilan gidroenergetikasi, irrigatsiyasi va ichimlik suvi shu tizmalarga bog‘liq bo‘lgan 1,6 mlrd odamga zarar keltiradi.

Everestdagi Janubiy Kol muzligi shakllanishiga 2 ming yil vaqt ketgan, biroq uning hajmi 25 yilda yupqalashib qoldi. Bu degani muzlik shakllangan muddatidan 80 barobar tezroq erib ketmoqda.

Nature Portfolio Journal Climate and Atmospheric Science jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, muzliklar erishi keng tadqiq qilina boshlangan bo‘lsa-da, baland cho‘qqilardagi muzliklar erishi hodisasi kam o‘rganilgan.

Erishni boshlagan chorak asrlik muddatda Janubiy kol muzligining taxminan 55 metri erib ketgan. Undagi o‘zgarishlar 1950 yillardan boshlangan bo‘lishi mumkin, lekin shiddatli erish 90 yillardan keyin start olgan.

Muzlik erishiga 20 dan ortiq faktorlar sabab: ular orasida namlik darajasi tushib ketishi, kuchli shamollar ham bor.

Cho‘qqidagi muzlik erishi nafaqat undan suv ichadigan odamlarga ta’sir o‘tkazadi, balki Everest tog‘i ekspeditsiyalarini ham qiyinlashtirib qo‘yadi.

“Qutb ayiqlari Arktikaning isishi va dengiz sathi muzlarining erishi razmiga aylangandi. Everest cho‘qqisidagi muzliklarning erishi ham ramziy chaqiriq bo‘lishiga ishonaman”, deydi Meyn universitetining Iqlim o‘zgarishi instituti direktori. 

Mavzuga oid