ShHT Samarqand sammiti doirasida «O‘zbektelekom» Xitoy kompaniyalari bilan respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 506,8 mln AQSh dollariga teng 4 ta investitsiya loyihasi ijrosi yuzasidan kelishuvga erishdi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Huawei va ZTE korporatsiyalari «O‘zbektelekom» o‘rtasida jami 8 ta shartnoma imzolandi. Loyihalar tatbiq etilishi natijasida:
- aholi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari va qamrovi yanada kengaytiriladi;
- ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshiriladi;
- xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olishga;
- respublika bo‘ylab temiryo‘llarda yuqori tezlikdagi mobil internet bilan to‘liq qamrab olishga;
- Toshkent shahrida va barcha viloyatlar markazlarida beshinchi avlod 5G standartidagi tayanch baza stansiyalari o‘rnatishga;
- ma’lumotlarni uzatish va magistral transport tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirishga erishiladi.














