AQShda aviatsiya uchun xatar ehtimoli tufayli 5G tarmog‘ini ishga tushirish yana kechiktirildi
AQSh transport vaziri va federal aviatsiya boshqarmasi rahbari yuqori tezlikdagi mobil internet samolyotlar qurilmalariga xalal berishi mumkinligidan xavfsiramoqda.
Amerikaning AT&T va Verizon kompaniyalari aviatsiya uchun xatar ehtimoli tufayli 5G tarmog‘ini ishga tushirishni ortga surishga rozi bo‘ldi. Bu haqda DW xabar berdi.
AT&T bayonotida aytilishicha, bu qaror AQSh transport vaziri Pit Buttijichning iltimosiga ko‘ra qabul qilingan. Shu bilan birga, kompaniya 5G tarmog‘i aviatsiya xavfsizligiga xatar solmasligini ta’kidlagan.
1 yanvar kuni Buttijich va AQSh federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) boshlig‘i Stiv Dikson yangi mobil tarmoqni ishga tushirishni ikki haftaga kechiktirishni so‘ragan. Aviatsiya sohasi vakillari 5G tarmog‘i samolyotlar elektronikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavfsiramoqda.
Dastlab telekommunikatsiya kompaniyalari rad javobini bergan, ammo aviakompaniyalar sudga berish bilan tahdid qilganidan so‘ng qarorlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
AT&T va Verizon 2021 yil fevralda tender orqali 5G tarmog‘i uchun chastotalarni qo‘lga kiritgandi. Tarmoqni 5 dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgandi, biroq Airbus va Boeing kompaniyalarining xavotirlaridan so‘ng 5 yanvarda ishga tushirish mo‘ljallangandi.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024
O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralari rasman yakunlandi
22:32 / 18.12.2024