O‘zbekiston | 12:37 / 04.05.2020
45544
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Harbiylar Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda

Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda Kun.uz’ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma'lum qildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

2 may kuni okrug qo‘mondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000dan ziyod harbiy xizmatchilar “Qo‘rg‘ontepa” va “Soflik” mahallasidagi keng ko‘lamli ishlarga jalb qilingan. Shuningdek, okrug tasarrufidagi 200ga yaqin harbiy texnikalar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ham qo‘l kelmoqda. Buning natijasida aksariyat oilalar o‘z uylariga qayta boshladi. 

Jizzax, Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ertalab soat 06:00dan 22:00ga qadar uylarni qayta ta'mirlash, suv chiqarish, yo‘llarni ochish va boshqa ishlarga ko‘ngilli ravishda yordam berishmoqda.

Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza bo‘linmalari, psixologlar hamda tibbiyot punkti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dezinfeksiya qilinmoqda.

t3RVn9cqt-rBgkSxsg8mGYI-Mae-MK6x.jpg (1280×853)

Mavzuga oid