Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya mudofaa xarajatlarini oshiradi va boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatishni qisqartiradi
Hukumat rahbari Kir Starmerning ta’kidlashicha, Britaniyada 2029 yilga borib mudofaa xarajatlari YaIMning 3 foiziga yetadi.
Buyuk Britaniya hukumati 2027 yilgacha mudofaa xarajatlarini YaIMning 2,5 foiziga yetkazadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Kir Starmer ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi parlament vakolatlari tugaydigan 2029 yilga borib ushbu xarajatlar YaIMning 3 foiziga qadar oshadi.
«Hukumat sovuq urush tugaganidan beri mudofaa xarajatlarini eng katta oshirish ustida ish boshlaydi», — deydi hukumat rahbari Britaniya parlamenti quyi palatasidagi chiqishida.
Mudofaa xarajatlari rivojlanayotgan davlatlarga ko‘rsatiladigan yordamlar YaIMning 0,5 foizidan 0,3 foiziga qadar qisqartirilishi evaziga oshiriladi. Starmerning qo‘shimcha qilishicha, hukumat mamlakat xavfsizligi uchun shunday qiyin tanlovni amalga oshirishga majbur.
Reuters agentligining yozishicha, Buyuk Britaniya YaIMning 3 foizini mudofaa uchun oxirgi marta 1993-1994 yillarda sarflagan. Hozirda mamlakat mudofaa uchun YaIMning 2,3 foizini yo‘naltiradi.
Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddatida NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishi kerakligini ta’kidlab, ular o‘z YaIMining kamida 2 foizini ushbu yo‘nalishga sarflashi kerakligini talab qilgandi. 2024 yil noyabrda esa Tramp NATOga a’zo davlatlar har yili mudofaaga YaIMning kamida 5 foizini sarflashi lozimligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
16:53 / 04.06.2026