10:52 / 04.05.2020
11080
Surxondaryoda voyaga yetmagan bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola vafot etdi

Holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 3 may kuni soat 20:00larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 y.t. D.G. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar 2012 y.t. R.Sh. va 2013 y.t. Sh.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, haydovchilar yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top