14:38 / 08.05.2020
10389
«O‘zbekneftgaz»da yangi tayinlovlar amalga oshirildi

“O‘zbekneftgaz” AJda yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.

Behzod Usmonov /Foto: O‘zbekneftgaz

"O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i lavozimiga Behzod Usmonov tayinlandi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yurist, muhandis-texnolog mutaxassisligiga ega bo‘lgan Behzod Usmonov Manchester universitetida tahsil olgan.

U shu vaqtga qadar Uzbekistan GTL korxonasida Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati bilan ishlash departamentiga yangi rahbar tayinlangan. Shu vaqtga qadar “O‘zbekneftgaz” AJda departament rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Usmonov ushbu lavozimda ish boshlagan.

Kamoliddin Usmonov

Bundan tashqari, Kamoliddin Usmonov kompaniya raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham faoliyat olib boradi.

Top