20:19 / 14.05.2020
15984

Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi

Davlat soliq qo‘mitasiga rahbar bo‘lgan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi.

Foto: Xalqaro press-klub

Prezidentning 2020 yil 13 maydagi farmoni bilan Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Sherzod Kudbiyevga «Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi» maxsus unvoni berildi.

Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Behzod Musayev esa bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi.

Top