21:10 / 19.05.2020
8168
Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

AFP agentligining xabar berishicha, bu davlatda kasallik yuqtirganlar soni aslida hozirgidan 15 martaga ko‘proq bo‘lishi mumkin.

19 may kuni Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 254 220ta holat aniqlangan, bunda 13 140ta yangi holat oxirgi 24 soat ichida qayd etilgan.  

Braziliya pandemiya miqyosi bo‘yicha AQSh va Rossiyadan keyingi o‘rinda turibdi. Mamlakat keyingi kunlarda Ispaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. 

AFP agentligining xabar berishicha, bu davlatda kasallik yuqtirganlar soni aslida hozirgidan 15 martaga ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Braziliyada bemorlar sonining o‘sib borishi sababli koronavirusning xavfli ekanligini rad etib kelayotgan mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru siyosatiga nisbatan noroziliklar kuchaymoqda, deya qayd etadi Reuters agentligi.  

Bolsonaru koronavirusni "kichikroq gripp" deb atamoqda va o‘z regionlarida cheklovlar kiritgan gubernatorlarni keskin tanqid qilmoqda. U do‘kon, restoran va maktablarning karantinga yopilishi Braziliya iqtisodiyotini izdan chiqarishini ta'kidlamoqda. Koronavirusga qarshi choralar borasida kelisha olmagani uchun 16 may kuni bir oy ichida ikkinchi sog‘liqni saqlash vaziri iste'foga chiqdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top