18:38 / 19.05.2020
15819
Toshkent viloyatining ayrim yo‘llaridagi beton plitalar Sardobaga olib ketilmoqda

Shu kunlarda Olmaliq shahriga Toshkentdan kirib kelaverishdagi 300 metr avtomobil yo‘li o‘rtasidagi beton to‘siqlar olib tashlanib, o‘rniga balandligi 30 sm, eni 3 metrli beton plitalar yotqizilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma'lum bo‘lishicha, olib tashlanayotgan beton plitalar Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi qurilish ishlarida foydalaniladi.

Bu haqda ushbu ishlarni amalga oshirayotgan korxona – «Yo‘llardan foydalanish» UK vakili D.Mirzakimovga iqtibos keltirgan holda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Xabar berilishicha, Piskent tumani «Namuna» MFY hududidagi mazkur ishlarning buyurtmachisi – Toshkent viloyati «Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» davlat unitar korxonasi bo‘lib, qurilish qiymati 783 million so‘mni tashkil etadi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

«Vazirlar Mahkamasining 32-sonli bayonnomasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur ishlar doirasida 300 metr yo‘lning har ikki tomoniga jami 16ta temir beton ustunlari ham o‘rnatilib, yoritish chiroqlari bilan ta'minlanadi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq, 1 may kuni «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni buzilgach, Toshkent shahri ko‘chalarida YXHB tomonidan karantin vaqtida yo‘llarni to‘sish uchun foydalanilgan 2,4 mingdan ortiq beton bloklar 2 mayga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyatiga tashilgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Dambani to‘sish uchun. 120ta katta-katta yuk mashinalari kechasi bilan tashidi», – degandi poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top