Yordam karvoni taşkil etilayotganligi haqida keça xabar bergan edik.

Uşbu jarayonda bevosita iştirok etgan muxbirimiz, sinovlar xalqni birlaştirayotganligi, köplab yurtdoşlarimiz uşbu xayriya aksiyasida faol iştirok etayotganligini ma'lum qildi.

Yordam karvoniga mingdan ortiq köngilli fuqarolarimiz öz hissalarini qöşişdi. Köngillilar turli xil buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçaklar, idiş-tovoqlar, bolalar öyinçoqlarini olib kelişdi. Ular sirdaryolik yurtdoşlarimizga bir oz bölsa-da dalda bölişni maqsad qilişgan.

Uşbu köngillilar yordam karvoniga öz hissasini qöşgan söz ustasi Şukurullo Isroilov bu sinovlar xalqni birlaştirayotganligini, sirdaryolik yurtdoşlarimizni xalqimiz hamişa qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Yordam karvonini kuzatişga kelgan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev xalqning oğir kunida taşabbus körsatayotgan barça fuqarolarimizga öz minnatdorçiligini aytib ötdi.

Olib kelingan barça mahsulotlar sanitariya-gigiyena qoidalari asosida yuk maşinalariga joylandi. Yuk maşinalari esa YHXX bilan birgalikda Sirdaryoga jönab ketdi.