13:00 / 24.05.2020
4505

Havas diskaunterlar tarmog‘i barcha o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan qutlaydi

Havas diskaunterlar tarmog‘i Sizni Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Sizga sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga fayz-baraka, tinchlik-osoyishtalik tilaydi.

Muborak Ramazon hayit ayyomi qalblaringizni ezgulik nurlari bilan yoritsin, barcha duolaringizni ijobat aylasin, orzu-havaslaringiz hamda ezgu niyatlaringizni esa amalga oshirsin.

Ramazon hayiti – ezgulik hissini uyg‘otuvchi, oila a'zolari bilan bir davrada yig‘ilib, shod-u hurramlikdan rohatlanish pallasidir. Bayram kuni yaqinlaringiz bilan dasturxon atrofida yig‘ilishga nima yetsin? Ayniqsa shirinliklardan, sovg‘alardan boshi osmonga yetgan jajji bolakaylarni kuzatishdan, ezgulik, mehr-muruvvat haqida hikmat aytuvchi, rivoyatlar hikoya qiluvchi bobo-momolarimizni tinglashdan zavqlirog‘i bo‘lmasa kerak.

Bu muborak ayyom barchamizga shodlik baxsh etish bilan birgalikda yaqinlarni qadrlash, ota-bobolar nasihatlariga amal qilish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, tinch va osoyishta hayotga shukronalar qilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradi.

Haqiqatan shunday zavqli pallaga yetkazganiga shukronalar bo‘lsin. Ezgulik, insonparvarlik, kamtarlik kabi tuyg‘ular qalbingizni hech qachon tark etmasin.

Muborak ayyom xonadoningizga to‘kin-sochinlik, fayz-baraka ato etsin, yurtimiz doimo tinch, xalqimiz esa farovon bo‘lsin.

Reklama huquqi asosida

Top