Havas do‘konlari soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri sifatida o‘zining 5 yillik yubileyini nishonlayapti va har besh yarim kunda yangi do‘kon ochyapti.

Bundan roppa-rosa 5 yil avval Toshkentda birinchi Havas do‘koni ochilgan edi. 2019 yilda O‘zbekiston aholisining aksar qismi “diskaunter” so‘zini eshitmagan bo‘lsa ham kerak. Havas tarmog‘i kashshof sifatida ushbu formatni mijozlar orasida keng ommalashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Havas muvaffaqiyatini statistika yaqqol ko‘rsatib turibdi. 5 yil davomida tarmoq do‘konlariga 148 000 000 dan ortiq xaridor tashrif buyurdi. Tarmoq xodimlari soni esa 2500 kishiga yetdi.

Bugungi kunda Havas Toshkent shahri va viloyatida 314 dan ortiq do‘konga ega. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, Havas haqli ravishda Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tarmoqning barcha diskaunterlari umumiy maydoni 118 000 m² dan ortiq.

Nimaning hisobiga diskaunterlar tarmog‘i jadal rivojlanib, O‘zbekistonda riteyl yo‘nalishini o‘zgartirmoqda.

Ortiqcha hashamatsiz do‘konlar

“Ortiqcha hashamatsiz do‘konlar” — Havas tarmog‘ini aynan shunday sifatlash mumkin. Diskaunterlarning assortiment ro‘yxati 1200 gacha bo‘lgan mahsulot turini o‘z ichiga oladi. Bular eng ommabop va mijozlar orasida doimiy yuqori talabga ega bo‘lgan kundalik mahsulotlarning klassik to‘plamidir. Assortimentning katta emasligi narxlar va sifatni yaxshiroq nazorat qilish hamda tarmoq xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Mahsulotlar maydoni 30 000 m² bo‘lgan yirik taqsimlash markazlari va omborxonalarda saqlanadi.