09:00 / 19.12.2023
5038

Markaziy Osiyodagi do‘konlar soni bo‘yicha yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lmish Havas uch yuzinchi yubiley do‘konini ochdi

Foto: Havas

Markaziy Osiyodagi do‘konlar soni bo‘yicha yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lmish Havas uch yuzinchi yubiley do‘konini ochdi

Havas diskaunterlar tarmog‘i tarixida muhim hodisa sodir bo‘ldi — 300-yubiley do‘koni ochildi. Tarmoqning ilk do‘koni ochilgan vaqtdan beri 4 yil mobaynida Havas Markaziy Osiyodagi ko‘p sonli do‘konlariga ega bo‘lgan eng yirik chakana savdo tarmog‘iga aylanib ulgurdi. 

Tarmoqining faol kengayishi iste’molchilar bildirgan ishonch tufaylidir. Qisqa vaqt ichida Havas do‘konlari hamyonbop narxlari, yuqori sifatli va sarxil mahsulotlar assortimenti hamda qulay joylashuvi sababli yuz minglab xaridorlar qalbidan joy oldi.

Arzon narxlarda sifatli mahsulotlar

Havas tarmog‘ida xalqaro brendlar va O‘zbekistonning taniqli mahalliy kompaniyalari mahsulotlari taqdim etiladi. Shuningdek, Havas peshtaxtalarida xususiy savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi oziq-ovqat va kundalik iste’mol mahsulotlarini uchratish mumkin. Ko‘p sonli xususiy savdo belgilari (XSB) pozitsiyalarining mavjudligi Havasʼga do‘konlarda mahsulot assortimentini samaraliroq nazorat qilish va tashrif buyuruvchilar uchun maqbul narxlarni taklif qilish imkonini beradi.

Eng muhimi haqida qayg‘urib

Zamonaviy hayot oqimi insonlarda bo‘sh vaqtini deyarli qoldirmaydi. Har birimizning kunimiz tom ma’noda daqiqalarga qadar rejalashtirilgan. Aynan shunday vaziyatlarda Havas do‘konlari mushkulimizni oson qiladi.

Havas diskaunterlari har bir insonning eng qimmatli resursi bo‘lmish shaxsiy vaqtini tejashga yordam beradi. Tarmoq do‘konlari shaharning asosiy transport yo‘nalishlari bo‘ylab va aholi zich joylashgan mahallalarida qulay tarzda joylashgan. Bu xaridlarni amalga oshirish uchun uzoq joyga borishimiz shart emasligini anglatadi. Tejagan vaqtimizni esa oilamiz va yaqinlarimizga bag‘ishlashimiz mumkin. Zero, Havas tufayli barcha zaruriy mahsulotlar yaqinginamizda.

Havas rejalari 

300 ta diskaunter mutlaqo chegara emas. Havas tarmog‘i nafaqat Toshkent shahri va viloyatida, balki O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham ildiz yoyib, yangi do‘konlar ochish bo‘yicha ulkan rejalarga ega. 

Tarmoq do‘konlarining aholi gavjum joylar va mahallalardagi qulay joylashuvi, hamyonbop narxlarda eng talabgir va ommabop mahsulotlar assortimentining mavjudligi, puxta yo‘lga qo‘yilgan merchandayzing va logistika Havas diskaunterlarida yanada qulay va manfaatli xaridlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Havas — xalq xizmatida.

Axborot markazi telefon raqami: (+998) 71−205−95−95.

Sayt: havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram-kanal: t.me/havasuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top