08:53 / 11.05.2023
11643
Reklama

Havas tarmog‘i bir kunda 11 ta yangi do‘kon ochdi

Foto: Havas

“Havas” diskaunterlar tarmog‘i bir kunda Toshkent shahri va viloyatida 11 ta yangi do‘kon ochdi. Tarmoq do‘konlarining umumiy soni 238 taga yetdi.

2023 yil 10 may kuni Toshkent shahri va viloyatining turli nuqtalarida “Havas” diskaunterlar tarmog‘ining 11 ta yangi do‘koni birvarakayiga ochildi. Endilikda Havas tarmog‘i qulay narxlar va yuqori sifatli mahsulotlar assortimentiga ega 238 ta do‘konni o‘z ichiga oladi.

Havas’ning 11 ta yangi do‘koni har kuni soat 8:00 dan 22:00 gacha quyidagi manzillarda tashrif buyuruvchilarni mamnuniyat bilan qarshilaydi:

  • Toshkent shahri, Sergeli tumani, Past Darxon mahallasi, Navro‘z ko‘chasi, 1-uy;
  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Bog‘ko‘cha mahallasi, Obinazar ko‘chasi;
  • Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sergeli-1 dahasi, Islom Sattorov ko‘chasi;
  • Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasi, 264-uy (mo‘ljal: 3-sonli bolalar shifoxonasi);
  • Toshkent shahri, Sergeli tumani, Jaloir mahallasi, Yangihayot va Totuvlik ko‘chalari kesishmasi;
  • Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza mavzesi, Feruza ko‘chasi;
  • Toshkent viloyati, Qibray tumani, Ko‘prikboshi shaharchasi, Qizilko‘prik ko‘chasi;
  • Toshkent viloyati, Qibray tumani, Zafarobod MFY (sobiq Mayskiy);
  • Toshkent shahri, TTZ-Bozor oldi;
  • Toshkent shahri, Olmazor tumani, Muxbir ko‘chasi, (mo‘ljal: Olimpiya mehmonxonasi);
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘yliq-1 mavzesi, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi.

Havas yangi do‘konlarining ochilishi tufayli yaqin atrofdagi o‘n minglab aholi o‘z vaqtini sezilarli darajada tejash, sifatli va sarxil mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yaqinda o‘zining 4 yilligini nishonlagan Havas O‘zbekistonda birinchi diskaunterlar tarmog‘idir. Bugungi kunda “Havas” Toshkent shahri va viloyatidagi 238 ta do‘konni birlashtirgan mamlakatimizdagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

Birinchi Havas do‘koni ochilganidan beri o‘tgan to‘rt yil diskaunter formati mamlakat aholisiga ma’qul kelganini yaqqol ko‘rsatdi. Havas do‘konlarining qulay joylashuvi, yoqimli narxlar, sifatli mahsulotlar, xushmuomala xodimlar va malakali merchendayzing tufayli tashrif buyuruvchilar tomonidan yuqori baholanadi.

Faoliyatining ilk kunidanoq “Havas” har kuni o‘z tashrif buyuruvchilariga arzonroq narxlarda sifatli mahsulotlar assortimentini taqdim etish va yoqimli xaridlar uchun qulay sharoitlarni yaratish orqali doim xalq xizmatida bo‘lish maslagiga sodiq qoladi.

“Havas — xalq xizmatida”.

Ma’lumot markazi telefoni: (+998) 71-205-95-95.

Sayt: www.havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram-kanal: t.me/havasuz

Reklama huquqi asosida

Top