22:51 / 05.06.2020
10395

Vetnamda tashqi va ichki qismi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi

Vetnam poytaxti Xanoyda tashqi va ichki qismi oltin bilan qoplangan dunyodagi ilk besh yulduzli mehmonxona ochildi.

Dolce Hanoi Golden Lake deb nomlangan ushbu mehmonxona 25 qavatga ega va Xanoy markazida joylashgan. Uning eshiklari, devorlari, shiftlari va boshqa ichki qismlari hamda tashqi tomonining 5 ming kvadrat metrga yaqin qismi 24 karatli oltin bilan qoplab chiqilgan

Mehmonxona qurilishiga 10 yil ketgan. Unda 324 ta xona mavjud bo‘lib, ulardan bir qismi oltin suvi yugurtirilgan mebel, vanna, unitaz va bezaklarga ega.

Mehmonxonada kuniga 250 dollardan boshlab turish mumkin.

Top