Ikkinçi jahon uruşidan söng sodir bölgan uruşlar orasida Vetnam uruşi alohida ajralib turadi. Bu uruşda Koreya yarimorolida bölgani kabi bitta millat ikkiga ajralib, özaro uruş olib boradi.

Şimoliy Vetnam SSSR yordamida mamlakatda kommunistik tuzum örnatadi va janubda AQŞ yordamida tuzilgan Vetnam Respublikasiga bostirib kiradi. Oqibatda uruşga AQŞ hamda SSSR ham qöşiladi va u 10 yil davom etadi. Oxir-oqibat bu uruş AQŞning şarmandali mağlubiyati va şimolliklar tomonidan janubning bosib olinişi bilan tugaydi.

Vetnam uruşida har ikki tomon ham juda katta talafotlar beradi, yuz minglab harbiylar va tinç aholi vakillari halok bölgan, odamlar qoçoqqa aylanadi.

Vetnam uruşida AQŞ va SSSR harbiylaridan taşqari yana köplab davlat harbiylari qatnaşadi. Jumladan, AQŞ, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tailand, Filippin, Tayvan, Yaponiya, Belgiya harbiylari Janubiy Vetnamga yordam bergan. SSSR, Xitoy, Şimoliy Koreya, Möğuliston harbiylari esa Şimoliy Vetnamni qöllagan.

Vetnam uruşi barça uçun fojia edi. Mamlakatni birlaştirib, kommunistik tuzum örnatmoqçi bölgan şimolliklar, ularga qarşi çiqqan janubliklar, janubliklarga yordamga borgan AQŞ harbiylari – bularning barçasi öşa uruşning qurbonlari bölişadi.

Vetnam uruşida barça tomonlar harbiy jinoyatlarga qöl urgan. Şimoliy va Janubiy Vetnam harbiylari özlarini qöllamagan tinç aholi vakillarini otib taşlagan, ayollarni zörlagan, hatto bolalarni ham ayamagan. Harbiy jinoyatlarni xorijlik harbiylar, şu jumladan, SSSR va AQŞ harbiylari, ularning ittifoqçilari ham sodir etadi.

Quyida Vetnam uruşida sodir bölgan va hanuzgaça AQŞning «manglayida qora doğ» bölib kelayotgan qatliom haqida söz yuritamiz. Bu qatliomda AQŞ harbiylari partizanlar hujumi uçun öç oliş maqsadida butun boşli qişloq aholisini qirib yuborişadi.

Amerikalik askarlar vetnamlikni olib ketişmoqda

Vetnam uruşining boşlanişi

Vetnam uruşining tarixi ikkinçi jahon uruşi tugaşiga borib taqaladi. Yaponiya ham yengilgandan söng uruşning asosiy ğoliblari AQŞ hamda SSSR Janubiy-Şarqiy Osiyoni öz ta’sir doirasiga oliş uçun harakat boşlaydi.

Avvaliga Xitoyda fuqarolar uruşi keltirib çiqariladi va davlatni Ma Tszedun boşçiligidagi kommunistlar egallaydi. Çan Kayşi boşçiligidagi qonuniy hukumat Tayvan oroliga qoçib ötişga majbur böladi.