09:15 / 13.06.2020
246716
2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

Bakalavriat

kunduzgi ta'lim shakliga – 103 575 nafar;

sirtqi ta'lim shakliga – 31 350 nafar;

kechki ta'lim shakliga – 5 025 nafar.

Magistratura – 10 425 nafar.

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top