Qonunçilik palatasidagi Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yiğilişida “Saylov kodeksiga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama etildi.
Qonun loyihasi bilan Saylov kodeksining 70- va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar körsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining öttiz foizidan qirq foiziga oşirişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş nazarda tutilmoqda.
Yiğilişda aytib ötilganidek, bugungi kunda xotin-qizlarning vakillik organlari faoliyatidagi örni ham sezilarli darajada köpaymoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining 30 foizdan, Senat a’zolari hamda mahalliy kengaşlar deputatlarining 25 foizidan ortiğini xotin-qizlar taşkil etadi.
Fraksiya a’zolari fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi ayollarning jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişdagi rolini kuçaytirişga, şuningdek ularning siyosiy faolligini oşirişga xizmat qiladi.












