14:28 / 16.06.2020
5738
Energotizim Sirdaryo va Buxoro talafotlaridan keyin qaysi manbalar hisobidan tiklanmoqda?

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan “Elektr energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish va tizimdagi normativ-huquqiy hujjatlar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joriy yilda 2 ming 875 ta yangi ishga tushiriladigan obektlarning elektr ta'minoti loyihalari ko‘rib chiqildi. Respublika bo‘yicha o‘rnatilgan quvvati jami 378 MVtdan ortiq bo‘lgan qurilish-montaj ishlari tugatilgan 1 987 ta yirik va kichik quvvatli iste'molchilarning elektr xo‘jaligi obektlari ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli xulosalar berildi. Ishga tushirilgan obektlarning 86 tasi yirik ishlab chiqarish, 500 dan ziyodi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, 451 tasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, 643 tasi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va ijtimoiy soha, 366 tasi esa, maishiy xizmat ko‘rsatish obektlaridan iborat.

Energiya samaradorligini oshirish va elektr energiyasi tejalishini ta'minlash maqsadida joriy yilda inspeksiya tomonidan 23 ta yirik korxona va yuqori tashkilotlari mavjud bo‘lmagan 431 ta korxona bilan ishlab chiqilgan 1424 ta tadbirlar bajarilishi evaziga 244,2 mln. kVt.s (rejaga nisbatan 259,4 foiz) elektr energiyasi tejalishiga erishildi.

Kun.uz muxbirining “hududlardagi energetika tizimlari o‘zi shundoq ham modernizatsiyaga muhtoj edi va katta mablag‘ talab qilardi. Shunday paytda Buxoro va Sardoba voqealari oqibatlari energotizimni tiklash ishlari qaysi mablag‘lar hisobidan bartaraf qilinmoqda?”, degan savoliga “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Yo‘ldoshev:

Akbar Yo‘ldoshevFoto: Farhod Abdurasulov

– Har ikki hududda tizimga jiddiy zarar yetdi. Ayniqsa Sirdaryoda uchta yirik stansiya suv ostida qoldi. Bularning hammasi bartaraf qilinmoqda, anchasi tiklandi ham. Buning uchun mablag‘larning barchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” hisobidan qoplandi. Bu tashkilotning turli viloyatlardagi bo‘limlari o‘zi xodimlari va uskunalari bilan keldilar hamda bu jarayonda ishtirok etdilar. Albatta, “Hududiy elektr tarmoqlari”da aynan bunday voqealarga mo‘ljallab alohida mablag‘ yo‘q edi, lekin mavjud vaziyatdan kelib chiqib zarur resurslar topildi, – deya javob berdi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top