09:52 / 23.06.2020
2088
134 mln so‘mlik maishiy texnika buyumlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

33 yoshli N.J. va boshqalar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ular 2019 yilning dekabr va 2020 yilning yanvar oylari davomida, Bo‘ka tumanida yashovchi, 34 yoshli G.Ch. ularni aldash yo‘li bilan ishonchlariga kirib, Olmaliq shahrida joylashgan do‘kondan, pullarini bo‘lib to‘lash sharti bilan N.J. va boshqalarning nomlariga jami 134.166.846 so‘mlik turli xildagi maishiy texnika buyumlarini olib, hozirgi kunga kelib G.Ch., olgan narsalarini pullarini to‘lamasdan kelayotganligini ma'lum qilib, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lishingizni oldini olish maqsadida, mahsulot xarid qilishda rasmiy dilerlar yoki rasmiy savdo ofislari xarid qilishingizni tavsiya qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Top