Toşkent viloyati Böka tumanida qiymati 10 milliard sömdan ziyod qalbaki kosmetika vositalarini işlab çiqargan sex aniqlandi.

«Yallama» çegara bojxona postida 3 mlrd sömdan ortiq 21 turdagi kosmetika vositalarini yaşirinça olib ötmoqçi bölgan yuk maşinasi töxtatib qolingan. 

Bojxona qömitasining tezkor tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tezkor tadbirlarni davom ettirgan. Böka tumanidagi omborlardan birida xorijiy brendlar nomi ostidagi kosmetika va parfyumeriya vositalarining qalbaki nusxalarini işlab çiqaruvçi yaşirin tseh faoliyati foş qilingan.

Tsexda Yevropa mamlakatlari, Birlaşgan Arab Amirliklari, Koreya va Xitoy kabi davlatlarning 20 dan ziyod turli maşhur brendlari nomi ostida işlab çiqarilgan 280 ming donadan oşiq sifatsiz va qalbaki kosmetika va parfyumeriya vositalari vaqtinça saqlovga olingan. Ularning umumiy qiymati 10 mlrd sömdan oşmoqda.