Toşkent viloyatida 7 yoşli qizça öz ammasi tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent viloyati boşqarmasi holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.
Toşkent viloyati Böka tumanida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan fuqaro I.N. 2023 yilning 22 noyabrida Bekobod tumanida istiqomat qiluvçi voyaga yetmagan jiyanlari - 2011 yilda tuğilgan A.M. va 2017 yilda tuğilgan A.Ç.ning otasi T.A. va onasi T.M. Rossiyaga ketganligi sababli, özi tarbiyalab kelayotgan jiyanlariga nisbatan özini vasiy etib tayinlaşni sörab, Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Bekobod tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy körik xulosasiga köra, fuqarolar A.M. va A.Ç. hamda I.N. jismonan va ruhan soğlom ekanligi körsatilgan.
Yuqoridagi xulosalarga asosan, fuqaro I.N. Bekobod tumani hokimining 2023 yil 15 dekabrida voyaga yetmaganlar A.M. va A.Ç.ga nisbatan vasiy tayinlaş töğrisidagi qarori qabul qilingan.
Joriy yilning 12 mart kuni keç soat 20:00 larda Böka tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ç.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida şifoxonaga tuşganligi haqida xabar kelib tuşgan.
Mazkur holat böyiça Markaziy şifoxonaga borib örganilganda, voyaga yetmagan A.Ç.ning jonlantiriş bölimida yotganligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan sa’y-harakatlariga qaramay A.Ç. joriy yilning 15 mart kuni vafot etgan.
Hozirda fuqaro I.N. ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan hamda Içki işlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

















