18:24 / 27.06.2020
15318
Kun.uz oilasi: so‘z erkinligi, motivatsiya manbasi va hafsalani pir qiluvchi holatlar haqida

Kun.uz jurnalistlarni 27 iyun – Matbuot va OAV kuni bilan tabriklaydi.

Ular faqatgina ish yuzasidan emas, insoniylik, hamfikrlik yuzasidan bir tom ostida jamlanishgan. Ular bir-biriga shunchaki hamkasb emas, o‘rni kelganda aka, uka, opa, singil ham bo‘lishadi. Ularni yagona maqsad – xalqni tezkor, aniq, xolis axborot bilan ta'minlash, uning og‘irini oz bo‘lsa-da yengil qilish maqsadi birlashtirib turadi. Bu – Kun.uz oilasi.

Kun.uz jamoasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni uchun o‘quvchilariga kichik tuhfa tayyorladi – bugun jurnalistlar savol berishmaydi, balki o‘zlari savollarga javob berishadi. Ular nega shu kasbni tanlagani, so‘z erkinligiga munosabati, faoliyatida olg‘a harakatlantiruvchi motivatsiyasi, nimadan hafsalasi pir bo‘lishi haqidagi fikrlarini kamera qarshisida turib ochiq bildirishadi.

Jurnalistlarning fikrlarini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Shu o‘rinda, Kun.uz jamoasi Matbuot va OAV kuni bilan sohaning barcha vakillarini tabriklaydi. Qalamingiz sinmasin, ovozingiz bo‘g‘ilmasin. Nima bo‘lgan taqdirda ham haqiqat tarafida bo‘ling!

Top