16:29 / 01.07.2020
6412
2020 yilning 5 oyida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 5 nafar IIV xodimi halok bo‘lgan

2020 yilning 5 oyida xizmat vazifasini bajarish paytida 5 nafar IIV xodimi halok bo‘lgan, 73 nafar xodim esa tan jarohati olgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ichki ishlar tizimini isloh qilish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda ichki ishlar tizimida 60 mingdan ortiq shaxsiy tarkib xizmat ko‘rsatadi. Aholi soniga hisoblansa, har 100 ming aholiga 176 nafar xodim to‘g‘ri keladi.

«Qozog‘istonda har 100 ming aholiga 444 nafar, Rossiyada 547 nafar, Britaniyada 271 nafar, Fransiyada 379 nafar, Germaniyada 299 nafar politsiya xodimi to‘g‘ri keladi. Xalqaro miqyosda solishtirsak, bizda ichki ishlar xodimlari soni yuqori emas», dedi Shohrux G‘iyosov press klubda.

Shuningdek, IIV vakilining qayd etishicha, 2020 yilning birinchi 5 oyida xizmat vazifasini bajarish paytida 5 nafar IIV xodimi halok bo‘lgan, 73 nafar xodim esa tan jarohati olgan.

«Masalan, mart oyida Namangan viloyatining Pop tumanida Jinoyat qidiruv bo‘limining tezor vakillari qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olish jarayonida xodimlardan biri o‘qotar quroldan 2 marta o‘q yegan. Xalqaro tajribada jinoyatchini qo‘lga olishda unga o‘q uzish mumkin. Lekin bizning xodimlar aksar hollarda bunday qilishmaydi», deya qayd etdi Shohrux G‘iyosov.

Top