02:12 / 03.07.2020
8224
APL. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ga javobsiz to‘rtta gol urdi
Foto: Reuters

Angliya chempionatida 32-turning markaziy o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan «Liverpul»ni qabul qilgan «Manchester Siti» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kevin De Bryune, Fil Foden va Rahim Sterling bittadan gol urishdi. Chemberlen esa o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Bu g‘alabadan so‘ng «Siti»ning ochkolari 66taga yetdi va «Liverpul» bilan farq 20 ochkogacha qisqardi.

APL. 32-tur
Manchester Siti – Liverpul 4:0

Gollar: de Bryuyne (25, penalti), Sterling (35), Foden (45), Oksleyd-Chemberlen (66, avtogol).
Manchester Siti: Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Laport (Otamendi, 79), Foden, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jyezus (Mahrez, 58).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Roberson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabino, Henderson, Mane (Minamino, 85), Firmino (Origi, 62), Saloh.
Ogohlantirishlar: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57), Henderson (90).

Top