21:29 / 03.07.2020
2749
Yunusobodda 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida fuqaro A.X. o‘z boshqaruvidagi «Matiz» rusumli yengil avtotransport vositasida shartli xaridorga umumiy qiymati 28,7 million so‘mlik 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq 2ta «Mersedes» avtomobilini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘lgani va 1 milliard so‘mlik avtoshinalarni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganlar to‘xtatib qolingani ma'lum qilingan edi.

Top