17:11 / 05.07.2020
31221
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 10 mingga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 107 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 5 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9936 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 66 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 59 nafari aholi orasida), qolgan 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 228ta yangi holat qayd etildi. Shundan 67tasi aholi orasida.

Shuningdek, Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6446 nafarga yetgan.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 3457 bemor davolanmoqda. Shundan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top