23:37 / 05.07.2020
3616
Tramp: AQShda koronavirus qurbonlari soni pasaymoqda

AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, mamlakatda yangi namunadagi koronavirus qurbonlari soni pasaymoqda. Ayni chog‘da, virusni yuqtirish holati ortib bormoqda, deyiladi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlarida. Bugungi kunda, mamlakatda 2,85 mln.dan ortiq kishida virus aniqlangan. 

Foto: Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Twitter sahifasida yozishicha, mamlakat hududida virusni yuqtirganlar soni o‘sayotganiga qaramay, yangi koronavirusdan o‘lim holatlari pasayishi kuzatilmoqda. 

“Xitoy virusi bilan zararlanish soni ommaviy tekshiruvlar bois ortib boryapti. O‘limlar kamroq ro‘y beryapti. Uning ko‘rsatkichi past va barqaror. Soxta xabarlar tarqatuvchi OAV bu haqda xabar qilishlari kerak, shuningdek, yangi ish o‘rinlari rekord o‘rnatayotganini ham”, - deb yozgan Oq uy rahbari. 

Shu bugungi kungacha, Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda yangi koronavirusdan 129,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top